Qalb Kitobi

Qalb Kitobi
  • Android 4.1 Android
  • Version: 1.1.7
  • 8 MB
Download

Updated to version 1.1.7!


app Name Qalb Kitobi
Version 1.1.7
Developer Kitoblar Olami
OS Android 4.1
Updated 2023-10-24

Download Qalb Kitobi app Android

Bismillahir rohmanir rohim.
Allohga hamd bo‘lsin. U shundayin Zotki, Uning ulug‘ligini idrok qilish oldida qalblar va
aql-idroklar hayratda bo‘ladi hamda Uning yorqin nurlarining avvalgi bosqichidanoq
butun zamon hodisotlari va nigohlar dahshatga tushadi. U shundayin Zotki, sirlar
berkitilgan joylardan xabardor va qalb ichiga yashirilgan narsalarni biluvchi hamda
O’zining mulklari doirasida maslahatlashishdan va fikr almashishdan behojatdir. U
qalblarni o‘zgartiruvchi, gunohlarni kechuvchi, ayblarni berkituvchi va qayg‘ularni aritib
yuboruvchi Zotdir. Rasullar sayyidi, din shomilligining jamlovchisi va mulhidlar ortini
kesuvchi Payg‘ambarga hamda u zotning toyyib va tohir oli-ashobiga ko‘plab salovot va
salomlar bo‘lsin.
Amma ba’d, insonning ulug‘ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh
tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo‘lgani holda Alloh subhanahu va taoloning
ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning
chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson
ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko‘radi. Qalb Allohni
biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa’y qiluvchi ham,
Uning huzuridagi narsalarni va o‘zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir.
Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go‘yo xoja
qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb
boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u
Allohdan boshqaga topshirilgan bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarga g‘arq bo‘lsa, bu holda
u Allohdan to‘sib qo‘yilgandir.
Talab qilinadigan ham, xitob qilinadigan ham, itob qilinadigan ham qalbdir. Agar u
pokiza tutilsa, Allohga qurbat hosil qilish baxtiga erishib, natijada najot topiladigan va
agar uni gunohlarga belab, iflos qilinsa, umidlar puchga chiqib badbaxt bo‘linadigan
narsa ham qalbdir. Haqiqatan qalb Alloh taologa itoat qiluvchidir. Ibodat ta’siridan butun
a’zolarga qalbning nurlari tarqaladi. Alloh taologa osiylik, itoatsizlik qiladigan ham
qalbdir. Albatta a’zolarga xunuk ishlarning singishi uning ta’siridandir. Qalbning
qorong‘ulik bilan ko‘rinishining xunukligi va yorug‘lik bilan ko‘rinishining chiroyi zohir bo‘ladi, zero har bir idish ichidagi borini to‘kadi.
  • 4.6
4.6 (45)

Additional Information:
  • Updated
  • Price$0
  • Installs 10,000+
  • Rated for 12+ years
Good speed and no viruses!

On our site you can easily download All Apps And Games without registration and send SMS!

Related